TALABALAR UCHUN XUSUSIY YOTOQXONALARNING ARXITEKTURAVIY YECHIMLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada talabalar uchun xususiy yotoqxonalarning arxitekturaviy yechimlari zamonaviy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda yotoqxona binolarining funksional rejalashtirish prinsiplari, shaxsiy va jamoaviy hududlar o‘rtasidagi muvozanat, ijtimoiy muhitni shakllantirish omillari hamda ekologik va energiya samaradorligi masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, blokli va kvartira tipidagi rejalashtirishning afzalliklari aniqlanib, tabiiy yoritish, shamollatish va raqamli boshqaruv tizimlarining talabalar yashash sifati va o‘quv samaradorligiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalari xususiy yotoqxonalarni loyihalashda kompleks arxitektura yondashuvi zarurligini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan