SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA IMPLANTATSIYA JARAYONINI REJALASHTIRISH
Annotatsiya
Ushbu maqola sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining tibbiyot sohasidagi innovatsion yondashuv sifatida, xususan, implantatsiya jarayonlarini rejalashtirishda qo‘llanilishi mumkinligini ilmiy asosda tahlil qiladi. Tadqiqot doirasida SI yordamida bemorning individual anatomik va biologik ma’lumotlarini chuqur tahlil qilish, 3D modellashtirish orqali jarrohlik protseduralarini oldindan simulyatsiya qilish hamda jarayon natijalarini aniq bashorat qilish imkoniyatlari o‘rganildi. SI algoritmlari implantatsiyaning aniq va optimal joylashuvini belgilashda, jarayon xavfsizligini oshirishda va tiklanish muddatini qisqartirishda samarali ekanligi ko‘rsatildi. Bundan tashqari, SI tizimlari katta hajmdagi klinik ma’lumotlarni tahlil qilib, jarayon natijalarini oldindan bashorat qilishga yordam beradi, bu esa shifokorlar uchun yanada individual va asoslangan qaror qabul qilish imkonini yaratadi. Mazkur tadqiqot SI texnologiyalarining implantatsiya jarayonlarini yanada samarali va xavfsiz rejalashtirishda muhim vosita ekanligini isbotlaydi va kelajakda ularning klinik amaliyotga keng tatbiq etilishi istiqbollarini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan