Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

QO'QON XONI MUHAMMADALIXON SHAXSIYATI TARIXIY MANBALAR TALQINIDA

Nuriddin RaxmonovFarg'ona davlat universiteti o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti v.bWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Annotatsiya

Qoʻqon xoni Muhammad Alixonning shaxsiyati masalasi asrlar davomida bahsli masalalardan biri boʻlib keladi. Mazkur maqolada XIX asrda Movarounnahrning siyosiy, madaniy va ijtimoiy hayotida muhim rol oʻynagan Muhammad Alixon shaxsiyati va faoliyati tarixiy manbalar asosida keng yoritiladi. Tadqiqotda asosan “Tarixi Shohruhiy”, “Ansob as-salotin va tavorix al-xavoqin”, “Muntaxab ut-tavorix”, “Tuhfat-ul-ahbob fiy tazkirat-ul-ashob” kabi zamonasining muhim yozma manbalariga, shuningdek, zamonaviy tadqiqotlar va xorijiy manbalarga (masalan, Scott C. Levi ning “The Rise and Fall of Khoqand”, Henry H. Howorth ning “History of the Mongols”) tayangan holda Muhammad Alixonning siyosiy qarashlari, ma'naviy-ma'rifiy faoliyati, shaxsiy fazilatlari, hamda u boshchilik qilgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat tahlil qilinadi. Muhammad Alixon Qoʻqon xonligi tarixida oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan shaxs boʻlib, uning hukmronligi davrida xonlikda ichki islohotlar, harbiy tuzumdagi oʻzgarishlar va tashqi siyosiy munosabatlar muhim bosqichga kirgan. Shu bilan birga, uning shaxsiyatiga oid tasvirlar nafaqat rasmiy tarixiy manbalarda, balki adabiy-tazkiraviy asarlarda ham oʻz aksini topgan. U haqidagi rivoyatlar va tasvirlar orqali oʻsha davr odob-axloq me'yorlari, shaxsiy tarbiya, boshqaruv kabi jihatlar ham oʻrganiladi. Tadqiqot jarayonida manbalarning tarixiy va shaxsiy jihatlari qiyosiy-tahliliy usulda oʻrganilib, Muhammad Alixon shaxsining tarixiy obrazini yaratishga xizmat qiluvchi asosiy manbalar aniqlanadi. Ushbu tadqiqot Muhammad Alixon shaxsiyatini chuqur anglash, uning faoliyatiga turlicha yondashuvni shakllantirish va tarixiy manbalarning tanqidiy tahlil asosida qayta baholash imkonini beradi. Shuningdek, bu ish XIX asr oʻrtalarida Qoʻqon xonligida yuz bergan siyosiy jarayonlarni shaxs omili bilan bogʻliq holda tushunishga xizmat qiladi. Maqola kengaytirilgan shaklda 15-20 betlik hajmda taqdim etiladi, manbalardan ko'plab iqtiboslar keltirilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba