O'ZBEK YOZUVCHI O'TKIR HOSHIMOVNING"IKKI ESHIK ORASI"ASARIDA QOʻLLANGAN TROPLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot O`tkir Hoshimovning adabiy merosida muhim o`rin tutuvchi "Ikki eshik orasi" romani badiiy matnida qo`llangan troplar va ularning o`ziga xos xususiyatlarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Asarning asosiy mavzusi – urush dahshatlari, inson taqdiri va ma’naviy kurashlarni tasvirlashda troplarning roli o`rganiladi. Tadqiqotda metafora, similla, ramz, jonlantirish, giperbola va ironiya kabi badiiy vositalar alohida e’tiborga olinib, ularning asar g’oyaviy mazmunini boyitish, qahramonlar ruhiyatini ochib berish va o`quvchiga emotsional ta’sirchanlikni oshirishdagi funksional xususiyatlari yoritiladi. Maqolada troplarning nafaqat tasviriy, balki falsafiy va estetik ahamiyati ham atroflicha ko`rib chiqiladi. Topilmalar romanning badiiy qimmati va O`tkir Hoshimovning so`z san’atkorligi mahoratini tasdiqlaydi.
Hali tarjima qilinmagan