INSULT PROFILAKTIKASIDA ANTITROMBOTSITAR TERAPIYANING AHAMIYATI
Annotatsiya
Insult hozirgi kunda dunyo bo‘yicha ham, O‘zbekiston Respublikasida ham aholi o‘limi va nogironligining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Insultning yuqori tarqalishi, ko‘pincha og‘ir asoratlar bilan kechishi hamda qaytalanish xavfining yuqoriligi ushbu kasallik profilaktikasiga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi. Ishemik insult rivojlanishida trombotsitlar agregatsiyasi va tromb hosil bo‘lish jarayonlari muhim patogenetik mexanizm hisoblanadi. Shu sababli, antitrombotsitar terapiya insultning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Mazkur maqolada insult profilaktikasida antitrombotsitar dorilarni qo‘llashning nazariy asoslari, ularning farmakologik xususiyatlari, klinik samaradorligi va xavfsizlik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida aspirin, klopidogrel, dipiridamol va kombinatsiyalangan antitrombotsitar terapiyaning afzalliklari va cheklovlari ilmiy adabiyotlar asosida yoritildi. Shuningdek, antitrombotsitar terapiyaning O‘zbekiston sog‘liqni saqlash amaliyotidagi o‘rni va istiqbollari muhokama qilindi. Tadqiqot natijalari insult xavfini kamaytirishda antitrombotsitar terapiyaning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan