GRAFIKA SAN'ATIDA AYOL OLIMALARNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy grafika san’ati doirasida olima ayollarning ilmiy va ijodiy faoliyati har tomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida grafika san’atining an’anaviy shakllaridan boshlab, raqamli grafika va digital illustratsiyagacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari ilmiy yondashuv asosida yoritib beriladi. Shuningdek, ayol rassom-olimalarning grafika san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning ilmiy izlanishlari, ijodiy amaliyoti va zamonaviy vizual madaniyatga ta’siri misollar asosida tahlil qilinadi. Zamonaviy digital artda illustratsiya janrining yetakchi o‘rni, uning kommunikativ va ekspressiv imkoniyatlari ochib berilib, vizual axborot uzatishdagi ahamiyati asoslanadi. Maqolada grafika san’atining bugungi kundagi ilmiy va amaliy ahamiyati hamda ayol olimalarning ushbu jarayondagi o‘rni nazariy va amaliy jihatdan asoslab beriladi.
Hali tarjima qilinmagan