RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BIZNES SUBYEKTLARINING HUQUQIY MAQOMI VA JAVOBGARLIGI
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes subyektlarining huquqiy maqomi va javobgarligi masalalari tahlil qilinadi. Xususan, elektron shartnomalar instituti, elektron imzo va elektron dalillarning isbot kuchi, raqamli platformalar (marketplace va fintech) orqali faoliyat yurituvchi subyektlarning huquqiy maqomi hamda platforma egalarining javobgarligi masalalari milliy va xalqaro huquqiy manbalar asosida o‘rganiladi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuni, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, xalqaro tajribadan — Yevropa Ittifoqining eIDAS Reglamenti, BMTning UNCITRAL Model Law hujjatlari hamda Yevropa Ittifoqining Elektron tijorat to‘g‘risidagi Direktivasiga tayanildi. Natijada raqamli platformalar orqali faoliyat yurituvchi subyektlarning aralash (vositachi va mustaqil xo‘jalik yurituvchi) maqomi mavjudligi, javobgarlik chegaralari esa shartnoma va axborot vositachiligi tamoyillariga bog‘liqligi aniqlangan.
Hali tarjima qilinmagan