QUYOSH FOTOELEKTRIK MODULLI AVTONOM HAVO SOVITISH TIZIMINING ENERGETIK VA ISSIQLIK-TEXNIK SAMARADORLIGINI TAJRIBAVIY TADQIQ ETISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada quyosh fotoelektrik modulli tizim asosida ishlovchi avtonom havo sovitish tizimining energetik va issiqlik-texnik samaradorligi tajribaviy tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida fotoelektrik modullarni suv bilan sovitish sharoitida ularning harorat rejimi, elektr samaradorligi hamda energiya ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tajriba natijalari suv bilan sovitish natijasida modul harorati 30-35℃ ga pasayishi va fotoelektrik modullarning elektr samaradorligi o‘rtacha 15-18% ga oshishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar taklif etilgan avtonom havo sovitish tizimining issiq iqlim sharoitida energiya samarador va ekspluatatsion jihatdan maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi.
Hali tarjima qilinmagan