Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

MAKTAB TA'LIMIDA XORIJIY TILLARNI O'QITISH METODIKASI LOYIHALARINING SAMARADORLIGINI TA'MINLASH

Riskulova Dinora ObidjonovnaO'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktab ta’limida ingliz tilini o‘qitish metodikasi loyihalarining samaradorligini ta’minlash masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda metodik loyihalarni ishlab chiqish, joriy etish va baholash bosqichlarida samaradorlikni belgilovchi omillar — aniq maqsad va kutilayotgan natijalar, kommunikativ yondashuv, loyiha asosida o‘qitish (PBL), CLIL modeli, raqamli texnologiyalar integratsiyasi hamda monitoring va baholash mexanizmlarining o‘rni asoslab beriladi. Tajriba-sinov natijalari metodik loyiha asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi, og‘zaki nutq faolligi, tinglab tushunish darajasi va motivatsiyasi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi. Xulosa qilinadi-ki, ingliz tilini o‘qitishda metodik loyihalarning samaradorligi tizimli yondashuv, o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar va uzluksiz monitoring orqali ta’minlanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba