Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

KOREYS VA O'ZBEK TILLARIDA FE'LNING ZAMON KATEGORIYASI

Turakulova Sitora FazliddinovnaSamarqand davlat chet tillar institutiHayitov Asilbek Chori o'g'liSamarqand davlat chet tillar institutiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada koreys va o‘zbek tillarida fe’lning zamon kategoriyasining grammatik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ikki tilning zamon tizimidagi o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash hamda ularning morfologik va semantik ifodalanish vositalarini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot davomida qiyosiy-tipologik va tavsifiy metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, har ikkala til agglutinativ tuzilishga ega bo‘lsa-da, zamon kategoriyasini ifodalash usullarida sezilarli farqlar mavjud. Tadqiqot natijalari turkiy va koreys tillarini o‘rganish, shuningdek, qiyosiy tilshunoslik sohasida ilmiy ahamiyatga ega.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba