Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TABIIY GAZNI KIMYOVIY ABSORBSIYA USULIDA H2S VA CO2 DAN TOZALASHDA YUTUVCHI KOMPONENTLARNING TO‘YINISH BALANSI ME’YORLARI

ABI

Annotatsiya

Tabiiy gazni absorbsiya usulida tozalashda yutuvchi komponent sifatida aminlarning ishlatilishi keng samaradorlikka egadir. Aminlar tarkibida etanol radikalining ko‘payishi aminlarning suvli eritmasining oltingugurtli birikmalarni va korbanat kislota qoldig‘ini o‘ziga biriktirib olish qobilyatini kengaytirib boradi. Ishlab chiqarishda absorbsiya jarayonida amin eritmasi va yutuluvchi gazlar o‘rtasidagi ekvivalent miqdorni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga egadir. Yutuvchi va yutuluvchi komponentlar orasidagi me’yoriy muvozanat buzilishi texnologik rejimning buzilishiga olib keladi. Usul va materiallar. Amin tarkibida etanolning radikali bilan metil radikali bo‘lishi, aminning suvli eritmasining H2S va CO2 o‘ziga biriktirib olishni yanada kengaytiradi. Ekvivalent miqdor: 1:1.5 nisbatda reaksiyaga kirishadi. Ushbu reaksiyaga asoslanib amin eritmasi va tabiiy gazning bir-biri bilan uchrashish fazasini: 1:1.5 miqdorda olib boorish kerak. Tarelkalar tanlanishda suyuqlik va gazning sarfiy hisobiga asosiy e’tibor qaratiladi. G‘alvirsimon tarelklarda tarelka ustida hosil qilinayotgan suyuqlik sathi miqdori me’yorini tanlash, tanlangan suyuqlik sathi me’yorini o‘zgarmasligi uchun absorberga berilayotgan suyuqlik sarfini bir xilda ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Desorber kalonnasi ichki qismi qalpoqchali tarelklardan jihozlashda asosan bosim farqini bir me’yorda ta’minlashda qaratilgan bo‘ladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

1 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba