DUNYO ADABIYOTSHUNOSLIGI VA TILSHUNOSLIGIDA ANAFORANING TADQIQI
Annotatsiya
Mazkur maqolada anaforaning badiiy va lingvistik hodisa sifatidagi o‘rni dunyo adabiyotshunosligi hamda tilshunosligi doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda anaforaning stilistik vosita sifatidagi funksiyalari, uning matn yaxlitligini ta’minlashdagi roli hamda poetik nutqdagi estetik ta’siri yoritiladi. Shuningdek, anaforaning turli nazariy yo‘nalishlarda talqin qilinishi, xususan, Roman Jakobson, M. Halliday va Geoffrey Leech kabi olimlar qarashlari asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada anaforaning sintaktik, semantik va pragmatik jihatlari ham tahlil etilib, uning badiiy matnda ekspressivlikni kuchaytirishdagi ahamiyati misollar orqali asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari anaforaning nafaqat poetik nutqda, balki kundalik diskursda ham muhim kommunikativ vosita ekanligini ko‘rsatadi.