INCLUSIVE POLICY FOR PERSONS WITH DISABILITIES: COMPARATIVE ANALYSIS OF UZBEKISTAN AND INTERNATIONAL EXPERIENCE
Annotatsiya
Ushbu maqolada O'zbekistonda nogironligi bor shaxslar uchun inklyuziv siyosatning shakllanishi va rivojlanishi xalqaro tajriba bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot tibbiy, ijtimoiy va biopsixososial modellarga tayangan holda olib borildi. O'zbekistonning BMTning “Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya”ga qo'shilgani hamda Prezident farmonlari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro standartlar bilan solishtirildi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, inklyuziv siyosatni yanada takomillashtirish uchun qonunchilik ijrosini mustahkamlash, xizmatlar tizimini integratsiyalash va jamiyat ongini izchil shakllantirish zarur. Maqola yakunida O'zbekiston sharoitiga mos uchta ustuvor yo'nalish taklif etiladi.