Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

JIGAR ABSSESSIDA SHARTLI PATOGEN ANAEROB KOKKLARNING AHAMIYATI, O'ZBEKISTONDA KASALLIKNING DOLZARBLIGI VA ZAMONAVIY DAVOLASH PRINSIPLARI

Mirvaliyeva NafisaToshkent davlat tibbiyot universiteti,Toshkent, O'zbekiston, Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya kafedrasi assistentiAhmadqulov XojiakbarToshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent, O'zbekiston, Davolash fakultetiXotamxo'jayev AsrorxonToshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent, O'zbekiston, Davolash fakultetiRashidov OzodbekToshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent, O'zbekiston, Davolash fakultetiYozxonov MirshodToshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent, O'zbekiston, Davolash fakultetiNuraliyev HumoyunToshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent, O'zbekiston, Davolash fakulteti
ABI

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada jigar abssessining etiologik tuzilmasida shartli patogen anaerob kokklarning (Parvimonas micra, Ruminococcus productus va boshqa Peptostreptococcus turlarining) ahamiyati yoritilgan. So‘nggi o‘n yillikdagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jigar abssesslarining 60% dan ortig‘ida aralash aerob-anaerob mikroflora ishtirok etadi, anaerob kokklar esa 15-20% hollarda yetakchi yoki assotsiativ patogen sifatida ajraladi. O‘zbekiston sharoitida kasallikning haqiqiy tarqalishi va mikrobiologik profili yetarlicha o‘rganilmagan, ammo appenditsit, xolesistit, qandli diabet va jigar sirrozining yuqori darajasi ushbu muammoning dolzarbligini belgilaydi. Zamonaviy davolash prinsiplari – perkutan drenajlash (KT yoki ultratovush nazoratida), uzoq muddatli (4-6 hafta) antibiotik terapiyasi (seftriakson+metronidazol yoki piperatsillin/ tazobaktam) hamda step-down rejimiga asoslangan. Maqola O‘zbekiston uchun klinik protokollarni takomillashtirish va anaerob infeksiyalarni laborator diagnostikasini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba