SURXONDARYO TURIZM SALOHIYATINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida elektron turizm, virtual sayohat, onlayn bronlash tizimlari, geoaxborot tizimlari hamda mobil servislarning hudud turizmini rivojlantirishdagi o‘rni o‘rganildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi tarixiy-madaniy obyektlarni raqamlashtirish, turistik xizmatlarni internet platformalari orqali targ‘ib qilish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hudud iqtisodiyotiga ta’siri yoritildi. Tadqiqot natijalari hudud turizmini rivojlantirishda raqamli platformalardan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi hamda elektron turizm infratuzilmasini takomillashtirish zarurligini asoslaydi.