NEFT TARKIBIDAGI SMOLA-ASFALTEN MODDALAR, PARAFIN VA XLORID TUZLARINI GOST VA ASTM STANDARTLARI ASOSIDA ANIQLASH
Annotatsiya
Ushbu maqolada neftni qayta ishlash texnologiyasi va sifat ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir etuvchi asosiy komponentlar — smola-asfalten moddalar, parafinlar hamda xlorid tuzlarini aniqlashning standartlashtirilgan usullari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida GOST 11851, ASTM D3279 va GOST 21534 standartlariga asoslangan laboratoriya metodologiyalari bosqichma-bosqich qo‘llanildi. Eksperimental jarayonda asfaltenlarni dastlabki bosqichda yengil fraksiyalar yordamida cho‘ktirish va smolalarni xromatografik ajratib olish orqali, parafin kristallanishini aniqlashdagi tahliliy xatoliklar minimal darajaga tushirildi. Titrimetrik va massaviy hisoblash formulalari yordamida olingan natijalar neft tarkibidagi og‘ir komponentlarning aniq miqdoriy ulushini ko‘rsatib berdi. Shuningdek, neft tarkibidagi korrozion faol xlorid tuzlarini potensiometrik titrlash orqali aniqlash mexanizmi yoritildi. Tavsiya etilgan tahlil tizimi va olingan natijalar neftni qayta ishlash korxonalarida xomashyo sifatini nazorat qilish, quvurlar korroziyasining oldini olish va texnologik jarayonlarni optimallashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.