YANGI TUG'ILGAN CHAQALOQLARDA YURAK-QON TOMIR TIZIMI FIZIOLOGIYASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yurak-qon tomir tizimining fiziologik xususiyatlari, prenatal va postnatal gemodinamik o‘zgarishlar, fetal qon aylanishining qayta tashkil topishi hamda neonatal davrda yurak faoliyatining moslashuv mexanizmlari adabiyotlar sharhi asosida tahlil qilindi. Chaqaloq organizmida tug‘ruqdan keyin o‘pka qon aylanishining faollashuvi, arterial kanal va oval teshikning bosqichma-bosqich yopilishi, periferik tomir qarshiligining o‘zgarishi muhim fiziologik jarayonlar hisoblanadi. Neonatal davrda yurak mushagi tuzilishi va elektrofiziologik xususiyatlari kattalarnikidan sezilarli farq qiladi. Maqolada yurak urish soni, arterial bosim, miokard qisqaruvchanligi va vegetativ boshqaruvning yoshga xos jihatlari yoritilgan. Shuningdek, neonatal gemodinamikaning buzilishlari va ularning klinik ahamiyati haqida ham ma’lumot berilgan.