Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

MUSTAQIL ISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISH SHAKL, METOD VA VOSITALARI

Saidova Gavhar ErgashovnaBuxoro davlat pedagogika instituti dotsentiSayidova Muxabbat Kenja QiziBuxoro davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada mustaqil ish faoliyatini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda ahamiyati yoritilgan. Mustaqil ta’lim o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, o‘z ustida ishlash madaniyatini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. Maqolada mustaqil ishlarning asosiy shakllari, jumladan, referat, loyiha, amaliy topshiriqlar, tadqiqot ishlari va elektron ta’lim resurslari asosida bajariladigan faoliyat turlari tahlil qilingan. Shuningdek, mustaqil ishlarni samarali tashkil etishda qo‘llaniladigan pedagogik metodlar, interfaol yondashuvlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari ko’rib chiqilgan. Mustaqil ishlarni rejalashtirish, nazorat qilish va baholash mexanizmlari hamda ularning ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi roli ochib berilgan. Tadqiqot natijalari mustaqil ta’limni to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish, axborotni izlash va tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Mazkur maqola ta’lim muassasalari pedagoglari, tadqiqotchilar va talabalari uchun mustaqil ish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba