INGLIZ TILINI O'QITISH JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI, IMKONIYATLARI, MUAMMOLARI VA SAMARALI YECHIMLARI
Rajabboyeva LobarUrganch davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi talabasi
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Multimedia vositalari, onlayn platformalar va mobil ilovalarning o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi qaratilgan imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonida uchraydigan texnik va pedagogik muammolar hamda ularni bartaraf etishning ham samarali yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalar ta'lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish va mustaqil ta'lim ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba