QARISH JARAYONLARINING FIZALOGIK MEXANIZMLARI
Mamadiyeva Zarifa NorboyevnaTermiz Iqtisodiyot Va Servis Universiteti Tibbiyot FakultetiShoiymov Fayzulla Suyun oʻgʻliTermiz Iqtisodiyot Va Servis Universiteti Tibbiyot Fakulteti
ABI
Annotatsiya
Qarish – bu organizmning vaqt o‘tishi bilan biologik, fiziologik va biokimyoviy darajada o‘zgarishlarga uchrashi jarayoni. Qarish jarayonlarining fiziologik mexanizmlari hujayra darajasidan boshlanib, to butun organizm tizimlarigacha ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy mexanizmlar orasida hujayra metabolizmining sekinlashishi, oksidlovchi stressning ortishi, DNK va hujayra membranalarining shikastlanishi, gormonlar balansining o‘zgarishi va immun tizimining sustlashishi mavjud. Shu mexanizmlar natijasida organlar faoliyati pasayadi, tiklanish jarayonlari sekinlashadi va kasalliklarga moyillik ortadi. Qarish jarayonini tushunish, sog‘lom qarish va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba