Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

Синтез эффективного ингибитора образования минеральных отложений и его применение в нефтегазовой промышленности

Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot neftni qayta ishlash va qazib chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan issiqlik almashinish qurilmalarida mineral tuzlarning (asosan kalsiy va magniy karbonatlari) cho‘kishi muammosini hal qilishga qaratilgan. Tadqiqot obyekti sifatida neft konlari va korxonalaridagi texnologik issiqlik almashinuv tizimlarida aylanadigan, yuqori minerallashgan va qattiqlik darajasi yuqori bo‘lgan texnik suvlar tanlab olindi. Maqolada bitta amino guruhli analoglardan farqli o‘laroq, ikki amino guruhli aromatik birikma — fenilendiamin C6H4N2H4 asosida yangi turdagi ingibitor sintezi bayon etilgan. Sintez jarayoni formaldegid va natriy gidrosulfit ishtirokida, sulfometillanish reaksiyasi orqali amalga oshirildi. Olingan fenilendimetilensulfonat C₈H₆N₂S₂O₆Na₂ hosilasining issiqlik almashinish sirtlaridagi himoya qobiliyati tajribada sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, taklif etilayotgan kompozitsiya issiqlik yuklamasi yuqori bo‘lgan sharoitda ham mineral tuzlar cho‘kishini 92–95% gacha samarali to‘xtatadi. Tadqiqot issiqlik almashinish qurilmalarining foydali ish koeffitsientini oshirish va energiya sarfini kamaytirish uchun xizmat qiladi.

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba