ISLOM OLIMLARINING MATEMATIKA VA HISOB ILMI RIVOJIGA QO'SHGAN HISSASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada islom olimlarining matematika va hisob ilmi rivojiga qo‘shgan ilmiy hissasi tizimli ravishda tahlil qilinadi. Xususan, algebra, arifmetika, trigonometriya va hisoblash usullarining shakllanishi hamda takomillashuvida Sharq mutafakkirlarining o‘rni tarixiy-manbaviy yondashuv asosida yoritiladi. Tadqiqot davomida o‘rta asr islom ilmiy maktablarida yaratilgan nazariy qarashlar va amaliy usullar zamonaviy matematika rivojiga ta’siri nuqtai nazaridan baholanadi. Shuningdek, algoritmik tafakkur, sonlar tizimi va hisoblash metodlarining rivojlanishida muhim burilish yasagan ilmiy natijalar konseptual jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada ilmiy merosning uzviyligi, ya’ni Sharqdan G‘arbga bilimlar transferi jarayoni ochib berilib, uning global ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari matematika tarixini chuqurroq anglash, shuningdek, zamonaviy hisoblash tizimlarining ildizlarini ilmiy jihatdan talqin etishga xizmat qiladi.