BOSHLANG'ICH TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA XALQ PEDAGOGIKASINI O'QITISH
Annotatsiya
Mazkur tezisda boshlang‘ich ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar yordamida xalq pedagogikasini o‘qitishning pedagogik ahamiyati, mazmuni va samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot davomida xalq pedagogikasining yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi o‘rni hamda uni zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, multimedia vositalari, elektron darsliklar, interaktiv platformalar, videodarslar va gamifikatsiya texnologiyalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olish faoliyatiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tezisda raqamli texnologiyalar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, kommunikativ kompetensiyasi, ijodiy yondashuvi va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Bundan tashqari, xalq pedagogikasini o‘qitishda uchraydigan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bayon etilgan.