Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

BANK VA MIJOZ MUNOSABATLARINI SHAKLLANTIRISHDA MARKETINGNI AHAMIYATLI JIHATLARI

Shokirov Javohir Xurshid o'g'liSamarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasiTursunov Faridun MustafoyevichTursunov Faridun Mustafoyevich
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirish hamda uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlashda marketing faoliyatining o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida zamonaviy bank marketingining asosiy yo‘nalishlari, xususan, mijoz ehtiyojlarini aniqlash, xizmatlar sifatini oshirish, raqamli kommunikatsiyalarni rivojlantirish va mijozlar ishonchini mustahkamlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, banklar faoliyatida marketing strategiyalaridan samarali foydalanish mijozlar sonining ortishi, xizmatlarga bo‘lgan talabning kengayishi hamda raqobatbardoshlikning kuchayishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada tijorat banklari faoliyatida mijozlarga yo‘naltirilgan marketing yondashuvlarini qo‘llashning amaliy ahamiyati ham ochib berilgan. Tadqiqot natijalari bank tizimida mijozlar bilan barqaror va ishonchli munosabatlarni rivojlantirishda marketing vositalaridan oqilona foydalanish muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba