Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

DIDACTIC OPPORTUNITIES AND LIMITATIONS OF INTEGRATING "CHATGPT" AND OTHER ARTIFICIAL INTELLIGENCE TOOLS INTO MATHEMATICS EDUCATION

Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida matematika fanini o‘qitishda “ChatGPT” va “Claude” kabi sun’iy intellekt vositalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning didaktik imkoniyatlari va cheklovlari nazariy va tahliliy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning metodologik asosini konstruktivistik yondashuv (J. Piaje, L. S. Vygotskiy) hamda kognitiv yuklama nazariyasi (J. Sueller) tashkil etadi. Maqolada sun’iy intellekt vositalarining matematika ta’limidagi asosiy didaktik imkoniyatlari — individuallashtirilgan tushuntirish va qayta aloqa, masalalarni yechishning turli usullarini namoyish etish, o‘quv materiallarini differensiallashtirish, shuningdek, ularni sokratik dialog vositasi sifatida qo‘llash tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ushbu vositalarning muhim pedagogik cheklovlari ham yoritiladi, jumladan, matematik xatolar ehtimoli, talabalarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarining susayish xavfi, akademik halollik masalalari hamda raqamli tengsizlik bilan bog‘liq muammolar. Tahlil natijalari asosida oliy ta’limda matematika fanini o‘qitishda sun’iy intellekt vositalaridan pedagogik jihatdan samarali foydalanishga qaratilgan metodik model taklif etiladi. Ushbu model sun’iy intellektni yordamchi vosita sifatida ko‘rish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda jarayonga asoslangan baholash strategiyasini qo‘llashni o‘z ichiga oladi.

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba