Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

DIDACTIC FUNCTIONS AND EDUCATIONAL MODELS OF DIGITAL STORYTELLING TECHNOLOGY: INNOVATIVE APPROACHES IN HISTORY TEACHING METHODOLOGY

Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqola raqamli hikoyalash texnologiyasining tarix o'qitish metodikasidagi didaktik funksiyalari va ta'limiy modellarini kompleks tahlil qiladi. Ushbu tadqiqot an'anaviy "bilimlarni uzatish" (reproduktiv) modelidan konstruktivistik "bilimlarni yaratish" modeliga o'tish jarayonida multimedia vositalarining o'rnini o'rganadi. Tadqiqot davomida J. Lambertning yetti elementli modeli, Endakott va Bruksning tarixiy empatiya modeli hamda O'zbekistonning "Uchinchi Renessans" ta'lim paradigmasiga moslashtirilgan o'ziga xos raqamli hikoyalash janrlari (hujjatli xronika, muammoli vaziyat, shaxsiy narrativ) ko'rib chiqiladi. Shuningdek, xalq og'zaki ijodi, xususan baxshichilik an'analarining raqamli transformatsiyasi orqali o'quvchilarda tarixiy tafakkur, empatiya va kognitiv faollikni oshirish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, raqamli texnologiyalar va pedagogik dizayn modellarining integratsiyasi o'quvchilarning tarixiy faktlarni o'zlashtirish hamda tahlil qilish o'nikmalarini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada tarix darslarida raqamli hikoyalash vositalaridan foydalanishning istiqbollari va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba