Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

KIBERXAVFSIZLIK TA'LIMIDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Aslanov Qodir ZiyodullayevichOsiyo Xalqaro Universiteti "Umumtexnik fanlar" kafedrasi o'qituvchisiJumabayeva Shaxnoza ShakirovnaOsiyo Xalqaro Universiteti magistratura talabasi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada kiberxavfsizlik ta’limida multimedia texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va amaliy samaradorligi tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa murakkab texnik yo‘nalishlarda bilim berish sifatini oshirishda muhim omil sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida multimedia vositalarining o‘quvchilarning bilim olish faolligini oshirishi, murakkab jarayonlarni vizual va interaktiv shaklda tushunishni yengillashtirishi hamda nazariya va amaliyot integratsiyasini ta’minlashi yoritilgan. Shuningdek, virtual laboratoriyalar, simulyatsion dasturlar va interaktiv platformalarning kiberxavfsizlik bo‘yicha kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba