Ibodova Malika
3 works
SHAXS AXLOQIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING O'RNI Ibodova Malika Qarshi davlat universiteti Lingvistika:o'zbek tili yo'nalishi magistranti ANNOTATSIYA.Ushbu maqolada shaxs axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy qadriyatlarning o'rni masalalari,yurtimizda yosh avlodni tarbiyalashda amalga oshirilayotgan ishlar ko'rib chiqilgan. Kalit so'zlar: axloqiy tarbiya, ma'naviy meros, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, axloq normalari, shaxs barkamolligi, axloqiy me'yorlar, axloqiy ong, milliy qadriyat. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma'naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o'ringa ega bo'lib, uni samarali tashkil etish o'quvchida ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o'quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon bo'lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g'oyasining o'quvchilar ongida aks etishidir. Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta'lim-tarbiya jarayonida yo'lga qo'yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g'oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq xo'jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo'lga kirish bilan O'zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro'-e'tiborining oshishiga o'zining munosib hissasini qo'shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to'g'risidagi ma'lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko'rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi. Axloqiy tarbiya o'quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg'u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero, ular birligida ma'lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o'quvchilarning komil shaxs bo'lib kamol topishlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson tafakkuri hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e'tiqodlar tizimidir. O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi asoslari tayanch omillar sifatida namoyon bo'ladi.Yosh avlod tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati va o'rni katta. Ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi. Biron -bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g'oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuv yashagan markaz bo'lib kelgan. Etnik sabr- toqat, bag'rikenglik hayot bo'ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me'yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham qimmatbaho an'analarini, shu hududda mavjud bo'lgan davlatchilik an'analarini avaylab qabul qilganlar. Oila qadriyatlari va qon- qarindoshlik munosabatlaring qayta tiklanishi o'z umrini yashab bo'layotgan oila- urug'. Har bir xalqning o'ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo'ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak bir-biriga o'xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko'ramiz. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti-faoliyatidagi muhim o'zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan bog'liq bo'lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta'sir ko'rsatish vazifasini bajaradi. Marosimlarda milliy,diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o'z ifodasini topadi. O'zbek xalqining paydo bo'lishi tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an'analari, urf odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma'naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo'lib, shakllanib, sayqallanib o'z mazmunida shu xalqning orzu-o'ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma'naviy qadriyat sifatida etkazmog'i lozim. Darhaqiqat, an'analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning ma'naviyati, qadriyatlarini ajralmas qismidir. Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o'ziga xos mezon vazifasini o'taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo'layotgan faoliyat turlari va rasm-rusumlarga baho beriladi. Yosh avlodning hayotiy mo'ljallari, «zamona qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham manaviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi. Xulosa qilib aytganda, asrlar davomi
ArticleEducation, Innovation and Language StudiesZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)20220 citationsABI