Oddiy va nanozarracha kiritilgan kremniy asosli quyosh elementining fotoelektrik parametrlarini yorug’likning tushish burchagiga bog’liqligi
Abstract
Quyosh elementlarini turlari juda ko’p. Ular ichida eng keng tarqalgani kremniy asosli quyosh elementidir. Kremniy asosli quyosh elementini foydali ish koeffitsientini orttirish, uning xususiyatlarini to’liqroq o’rganish maqsadga muvofiq. Chunki kremniy dunyoda eng keng tarqalgan elementlardan biri. Ushbu ishda kremniy asosli quyosh elementini opto-elektrik xususiyatlariga nanozarrachalarining ta’sirini o’rganilgan. Bilamiz, yorug’lik tushish burchagi o’zgarishi bilan quyosh elementining fotoelektrik parametrlari o’zgaradi. Ushbu maqolada, oddiy va nanozarracha kiritilgan kremniy asosli quyosh elementlarining fotoelektrik parametrlariga yorug’lik tushish burchagining ta’siri o’rganilgan.