Kiberxavfsizlik, raqamli huquq va raqamli gigiyena – kiberjinoyatchilikka qarshi muqobil yechim
Abstract
Bugun har birimiz o‘qishda, ishda va boshqa yumush-larimizni bajarishimiz uchun internet bilan simsiz va simli bog‘langan holda zamonaviy aqlli qurilmalardan foydalanamiz. Telefon, kompyuter, aqlli soatlar, planshet va boshqa gadjetlar orqali kerakli ma’lumotlarni jahon internet tarmog‘i orqali izlab topmoqdamiz. Shuningdek, huquq tizimida yangi tushunchalar paydo bo‘lib, ommlashmoqda. Bu, so‘zsiz, “raqamli huquq” va “raqamli gigiyena” hisoblanadi. Mazkur maqolada kiberxavf-sizlik, raqamli huquq va raqamli gigiyenaning kelib chiqishi, rivojlanishi va jahon ommasida hozirgi kunda mavjud muammo va kamchiliklar, to‘siqlar tahlil qilinadi. Birinchi qismda tushunchalarning vujudga kelishi hamda davlatlar siyosatiga kirib kelishi tahlil qilinsa, ikkinchi qismda hozirgi mavjud tahdidlar va holatlar bayon etiladi, muammolar yoritib beriladi, uchinchi qismda esa muammolarning yechimlari misollar bilan keltirilib, kelgusida kerak bo‘ladigan muhim taklif va konsep-siyalar, doktrinalar beriladi. Maqolaning so‘ngida esa muallif o‘z qarashlari, xulosalarini bayon etadi. Bundan tashqari, muallif maqolani yozishda yangicha uslub qo‘llagan bo‘lib, unda har bir qismda yangi, ammo oldingi qismda tadqiq qilingan mavzuning mantiqiy davomi bo‘lgan masalalarni tahlil qiladi.