Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
English
Article

“SHAYBONIYNOMA” DOSTONIDAGI VAZN IMKONIYATLARI

Shahnoza Muhitdinovna RakhmonovaAlisher Navоi Tashkent State University of the Uzbek Language and Literature
ABI

Abstract

Muhammad Solih “Shayboniynoma” dostonining 1510 yili ko‘chirilgan nusxasi Vena kutubxonasida saqlanadi. Herman Vamberi 1885 yili Venada ushbu nusxa asosida asarni nemischa tarjimasi bilan birga nashr ettirgan. Sharqshunos olim P. M. Melioranskiy 1908 yili Sank-Peterburgda asarni ikkinchi marta nashr ettirdi. Ushbu nashrni P.M.Melioranskiy Vamberi nashri asosida tayyorladi. O‘zbek adabiyotida “Shayboniynoma” dostonini E. Shodiev 1989 yili P. M. Melioranskiy nashri asosida nashr ettirdi. Biz mazkur tadqiqot-maqolada mazkur nashrdan foydalandik. Maqolada “Shayboniynoma” dostonidagi ritmik variatsiya masalasi dostonning janr imkoniyatlari, vazn xususiyatlari, mazmun takomili va qofiya tizimi bilan bog‘liqlikda o‘rganilgan. Jangnoma yo‘nalishidagi mazkur asarning shoir ijodidagi o‘rni tadqiq etilgan. “Shayboniynoma”da foilotun aslining maxbun tarmog‘iga xos bo‘lgan ko‘pvaznlilikka oid jihatlar tahlil etilgan. Tadqiqotni yozish jarayonida Abdurauf Fitratning “Muhammad Solih” maqolasi, A.Hojiahmedovning “O‘zbek aruzi lug‘ati” (1998) kitobi, D.Yusupovaning “Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va ritmning badiiy uyg‘unligi” monografiyasi va D.Zohidovaning “Aruz saboqlari” (2016) qo‘llanmasi kabi manbalardagi nazariy qarashlar o‘rganildi. Qahramonlik dostonlari uchun ramali musaddasi maxbuni mahzuf emas, balki mutaqoribi musammani maqsur vazni qulayligi ochib berildi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon