Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
English
Article

Xorijiy mamlakatlar konstitutsiya va qonunlarida diniy tashkilotlarning maqomi va ijtimoiy hayotdagi roli

Firuz RashidovKatta o‘qituvchi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Mustaqil izlanuvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti
ABI

Abstract

Xorijiy mamlakatlarda tarixiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqqan holda davlat, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari munosabatlarining turli xil modellari shakllanib, ijtimoiy hayotning turli sohalarida din institutining faol ishtiroki kuzatiladi. Ushbu munosabatlar davlat-konfessional munosabatlar deb atalib, davlat, din va boshqa jamoat birlashmalari o‘zaro munosabatlari masalasi k o‘p asrlar davomida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab b o‘lib kelgan. Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlarda din va uning jamiyat ijtimoiy hayotidagi o‘rni, diniy tashkilotlarning davlat va fuqarolik jamiyatining institutlari faoliyatiga ta’siri, davlat va din munosabatlari davlatlarning konstitutsiya va qonunlari asosida qiyosiy tahlil qilingan. Davlatlarda diniy tashkilotlarning jamiyat faoliyatidagi ishtiroki va o‘rniga qarab konfessional tipologiyasi muhokama qilingan. Xorijiy mamlakatlarda davlat va diniy tashkilotlar o‘zaro hamkorligi madaniy, tarixiy, iqtisodiy, siyosiy omillarga bog‘liq ekanligi e’tirof etilib, xalqaro miqyosda diniy e’tiqod sohasida siyosiy omil ustuvor ekanligi qayd etilgan. Bugungi kunda multikonfessional dunyo muhitida diniy nizolarga, dunyoning diniy o‘ziga xoslikka ko‘ra bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim hisoblanishi, ma’nan taraqqiy etgan jamiyatlar nizolarni qurol kuchi bilan emas balki, aql va so‘z vositasida hal etishi mumkin bo‘lgan tinch muloqot qila olish kuchi va imkoniyatiga ega ekanligi, bu esa jahonning turli mamlakatlarida davlat va diniy tashkilotlar o‘zaro hamkorligi tarixida o‘z tasdig‘ini topganligi bayon etilgan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 01 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon