Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
English
Article

Masofadan zondlash asosida olingan tasvirlarda deskriptorlarni qurish usullarining qiyosiy tahlili

O.R. YusupovSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiErali EshonqulovSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
ABI

Abstract

Tasvirlarni taqqoslash, tasvirlarda obyektlarni qidirish, tasvirni roʻyxatdan oʻtkazish amaliy masalalari yechishda belgilar toʻplami tashkil etadigan deskriptorlardan foydalaniladi. Ushbu maqolada deskriptorlar qurish usullarining gradiyentga asoslangan deskriptorlar, spektral taqdim etishga asoslangan deskriptorlar, lokal binar deskriptorlar, shakl deskriptorlari, bazis funksiyasiga asoslangan deskriptorlar sinfi tegishli usullar tasvirlar uchun oʻrganilgan. Masofadan olingan tasvirlarning turli vaqtlarda olishi, turli qurilmalarda olinishi, deformatsiyalar paydo boʻlishi, okklyuziyalar boʻlishi hisobga olinib deskriptorlarni qurish usullari burilishga invariant, tasvir kontrast, intensivligini oʻzgarishi, masshtab, deformatsiya okklyuziyaga turgʻunligi tahlil etildi. Qiyosiy tahlillar asosida xulosa qismida keyingi ilmiy tadqiqot ishlari uchun tavsiyalar berildi. Deskriptorlar koʻplab masofadan olingan tasvirlarni roʻyxatga olish, tasvirni birlashtirish, tasvir boʻyicha qidirish, tasvirlarda obyektni tanib olish va oʻzgarishlarni aniqlash masalalarida muhim ekanligi qayd etildi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 027 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon