AGROKLASTER TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH USULLARI: NOANIQLIKNI ALGORITM VA MODEL YORDAMIDA MINIMALLASHTIRISH
Abstract
Maqolada agroklaster tizimining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati, agroklaster tizimini optimallashtirish zaruriyati va muammolari bayon qilingan. Agroklaster tizimini optimallashtirishda ekonometrik modellashtirishning hal qiluvchi roli qo‘yilgan masalani yechish jarayonida asosolab berilgan. Agroklaster tizimini optimallashtirishda bir qancha muammolar tizimli tadqiq etilgan, xususan, optimallashtirish usullari bilan bog‘liq muammoning yuzaga chiqish sabablari modellashtirish murakkabligini yechish masalasi bilan bog‘liqlik hosil qilganda, tizimli yondashuv ahamiyati keltirib o‘tilgan. Mintaqadagi agroklasterlar faoliyatini kuzatish davriyligining qisqaligi sababli kelib chiquvchi hududiy farqlanuvchi muayyan bir turdagi ko‘rsatkich bo‘yicha ta’sir omillarining ko‘pxilligi hamda axborot ta’minotidagi uzilishlar asosida kuchaygan noaniqlik sharoitida agroklaster tizimini optimallashtirish modellarini ishlab chiqish usullarini takomillashtirish zarurati asoslangan va uni amalga oshirish mexanizmi ko‘rib chiqilgan. Mazkur holatda fazoviy ma’lumotlar matritsasini shakllantirish algortmi, ishlab chiqilgan optimallashtirishning ekonometrik modellari asosida iqtisodiy jarayon mohiyati tushuntirilgan.