Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
English
Article

FAZO-VAQT TAHLILI VA TAYANCH VEKTOR MASHINASI ASOSIDA YONG‘INNI TEZKOR ANIQLASH ALGORITMI

ABI

Abstract

Statsionar video kuzatuv kamerasida olingan hamda yozib olingan video tasvirlar ketma-ketligida tutunni aniqlash algoritmi taklif etilgan. Birinchi bosqichda kadr kontrasti yaxshilanadi. So‘ngra dinamik va statik xususiyatlarni tahlil qilish asosida videoda harakat tezligi sekin bo‘lgan joylarni aniqlash amalga oshiriladi. Buning uchun modifikatsiyalangan fonni olib tashlash va rang segmentatsiyasi qo‘llaniladi. Ikkinchi bosqichda kichik o‘lchamdagi bloklarning fazo-vaqt tahlili o‘tkazilib oldingi bosqichdagi segmentlangan maydonlar uchun shakllanadi. Uchinchi bosqichda kovariatsiya deskriptorlari asosida xususiyatlar to‘plamlari yaratiladi va tasniflash uchun radial asosli yadro funktsiyasiga ega tayanch vektor mashinasi ishlatiladi. Ushbu algoritmdan statik kamera orqali real vaqtda olingan videotasvirlarda yong‘inni tezkor aniqlashda samarali foydalanish mumkin.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon