XUSUSIY VA QARZ KAPITALINING BAHOSI
Abstract
Ushbu maqolada korxonalarda xususiy (aksiyalar orqali jalb qilingan) va qarz kapitalining (bank krediti, obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari) baholash usullari, ularning moliyaviy barqarorlik va investitsion qarorlar qabul qilishdagi roli tahlil qilinadi. Maqolada xususiy va qarz kapitalining narxini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy metodlar, jumladan kapital qiymatini baholash modeli (CAPM), qarz kapitalining o‘rtacha qiymati, risk va foyda nisbati kabi moliyaviy ko‘rsatkichlar batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada korxonalarning moliyaviy strategiyasida xususiy va qarz kapitali o‘rtasidagi optimal nisbatni aniqlash muammolari va amaliy tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari moliyaviy menejment va korxona investitsiya faoliyatini samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega.