OZIQ-OVQAT ISHLAB CHIQARISH ZANJIRIDA XALQARO STANDARTLARNI (ISO, HACCP, CODEX ALIMENTARIUS) JORIY ETISHNING SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH
Abstract
Mazkur tezis oziq-ovqat ishlab chiqarish zanjirida xalqaro standartlar — ISO (asosan ISO 9001 va ISO 22000), HACCP hamda CODEX Alimentarius talablarini joriy etishning amaldagi samaradorligini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ushbu standartlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sifatni barqarorlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavflarni boshqarish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda iste’molchilar ishonchini mustahkamlashdagi real ahamiyati ilmiy yondashuv asosida ochib beriladi. Xalqaro normalarni milliy ishlab chiqarish sharoitlariga moslashtirishda yuzaga keladigan institutsional, texnologik va boshqaruv muammolari tahlil etilib, ularni bartaraf etishning amaliy mexanizmlari asoslantiriladi.
Not yet translated