CORRECTION OF MICROBIOTA CHANGES IN PATIENTS WITH CHRONIC KIDNEY FAILURE IN KHOREZM REGION
Abstract
Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) bemorlarida ichak mikrobiotasining buzilishi (disbioz) uremik toksinlar ishlab chiqarilishining ortishi va yallig‘lanish jarayonlarining kuchayishi orqali kasallikning og‘irlashishiga olib keladi. Xorazm viloyatida odatiy ovqatlanish odatlari mikrobiota tarkibiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotmizning maqsadi SBY bo‘lgan bemorlarda mikrobiota o‘zgarishlarini ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganish, ularni tuzatishga qaratilgan aralashuv usullarini baholash va Xorazm viloyatida o‘tkazilgan klinik kuzatuv natijalarini taqdim etish. 2013–2024 yillar oralig‘ida ilmiy manbalar tahlil qilindi. 30 nafar SBY bilan og‘rigan bemorlar ishtirokida 12 haftalik sinbiotik (Bifidobacterium longum, Lactobacillus acidophilus va inulin) va tolaga boy parhez asosida klinik kuzatuv o‘tkazildi. Davolashdan so‘ng foydali bakteriyalar soni oshdi, zararli toksinlar (indoksil sulfat, p-kresil sulfat) miqdori kamaydi, CRP va IL-6 kabi yallig‘lanish belgilari pasaydi, shuningdek, ichak faoliyati yaxshilandi. Mikrobiotani tuzatish usullari SBY bo‘lgan bemorlar uchun foydali bo‘lib, ularning umumiy ahvolini yaxshilashda yordam beradi. Xorazm sharoitida bunday yondashuvlar keng qo‘llanilishi zarur.