Skip to main content
Article

O’ZBEKISTONDA MOLIYAVIY DERIVATIVLARNI RIVOJLANTIRISHDA INVESTORLARNING RO’LI

Munisaxon AbbosovaO’zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi
Nashrlarjournal2025
ABI

Abstract

Moliyaviy derivativlar – bu aktivlarning narxi yoki ko‘rsatkichi asosida tuzilgan moliyaviy vositalar bo‘lib, ular xavflarni boshqarish, likvidlikni oshirish va investitsiyalarni diversifikatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda derivativlar bozorining rivojlanishi investorlar ishtirokini talab qiladi, chunki bu bozor barqarorligi va moliyaviy vositalarga talabni oshirishga yordam beradi. Fyuchers, forvard shartnomalar, opsionlar va svoplar kabi vositalar investorlar uchun risklarni boshqarish, bozor likvidligini oshirish va investitsiyalarni diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini yaratadi. Shu bilan birga, moliyaviy derivativlar bozorining rivojlanishi iqtisodiyotning global tizimga integratsiyasini kuchaytirib, investitsiya muhitini yaxshilaydi. Biroq, bu jarayonda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur, chunki derivativlar yuqori risklarga ega bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston hukumati va xususiy sektor hamkorligida derivativlar bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish muhim hisoblanadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references