Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
English
Article

IJTIMOIY SHARHLARNING ASPEKT VA REYTINGLARINI O‘RGATILGAN GENERATIV MODELLAR ORQALI SENTIMENT TAHLIL QILISH VA ANIQLASH

Techscience.uz.journal2025uz
ABI

Abstract

Odatda, sharh umumiy bahodan tashqari, bir nechta aspekt(jihat)lar bahosi va matnni o‘z ichiga oladi. Baho muallif qoniqishining ball ko‘rinishidagi umumlashmasi sifatida qabul qilinadi. Aspektlar bahosiga ega sharhlar soni ko‘payib borayotgan bo‘lsa-da, faqat umumiy bahoni o‘z ichiga olgan ko‘plab sharhlar mavjud. Bunday sharhlarda yashiringan jihatga oid fikrlarni ajratib olish foydalanuvchilarga ularni o‘qimasdan tez tushunishga yordam beradi. Bu vazifa asosan ikki qismdan iborat: aspektlarni(jihat) aniqlash va baho chiqarish. Ko‘pchilik mavjud tadqiqotlar so‘nggi yillarda ko‘payib borayotgan aspektlar baholaridan foydalana olmaydi. Ushbu maqolada, biz baholanmagan sharhlar ustidan aspektlar bahosi chiqarish samaradorligini oshirivuchi ikkita sun’iy intellekt modelini ko‘rib chiqamiz. Xususan, biz sentiment so‘zlari va aspektlar baholarini hosil qiluvchi jihat darajasidagi sentiment taqsimotlarini ko‘rib chiqamiz

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon