Skip to main content
Article

CYNARA SCOLIYMUS L O‘SIMLIGI ILDIZI HAMDA ILDIZ ATROFIDAGI TUPROG‘IDA UCHROVCHI MIKROORGANIZMLARNI MALDI-TOF MS ASOSIDA IDENTIFIKATSIYASI

Bektemirova Farangiz Jamoliddin qiziO‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Biotexnologiya kafedrasi magistrantiO‘ralov Abdumannon IskandarovichO‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Biotexnologiya kafedrasi mudiriSobirova Muqaddas BotirovnaO‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Biotexnologiya kafedrasi v.b. dotsenti
ABI

Abstract

Cynara scolymus L ya’ni artishok, o‘simliklar dunyosida o‘zining oziq-ovqat, farmatsevtika va tibbiyot sohalaridagi foydali xususiyatlari bilan mashhur. Ushbu o‘simlikning rizosferasi, ya’ni ildiz atrofidagi mikrobiologik muhit, o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va kasalliklarga qarshi chidamliligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, artishokning rizosferasidagi mikroorganizmlar va o‘simlik o‘zaro aloqalari biotexnologik sohada yangi imkoniyatlarni ochish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu sohada olib boriladigan tadqiqotlar, ayniqsa qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish va yangi biotexnologik texnologiyalarni ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda Cynara scolymus L o‘simligi ildizi va ildiz atrofidagi tuprog‘ida uchrovchi mikroorganizmlarni MALDI-TOF MS usuli asosida identifikatsiya qilish maqsad qilingan. Tuproq va ildiz namunalari klassik mikrobiologik usullar (bosqichli suyultirish) yordamida ajratilib, bir nechta mikroorganizmni sof kulturalari olindi. Ajratilgan izolyatlar morfologik, fiziologik hamda biokimyoviy tahlillaridan so‘ng MALDI-TOF MS tizimi orqali identifikatsiya qilindi. Natijalar rizosfera va ildiz bilan bog‘liq mikroorganizmlar tarkibida asosan Bacillus, Pseudomonas oilalariga mansub bakteriyalar ustunligini ko‘rsatdi. Ushbu mikroorganizmlar sho‘rlangan va qurg‘oqchil muhitga moslashgan bo‘lib, o‘simliklarning barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan natijalar biotexnologik maqsadlar uchun istiqbolli mikroorganizmlarni tanlashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references