Skip to main content
Article

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING MOLIYAVIY XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING METODOLOGIK JIHATLARI

Alibek Valiyevich KarimovO'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarining moliyaviy xavfsizligini ta'minlashning nazariy va metodologik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kichik biznes faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta'minlashning ahamiyati, moliyaviy xavfsizlik tushunchasining iqtisodiy mohiyati hamda unga ta'sir etuvchi tashqi va ichki omillar tizimli ravishda o'rganilgan. Shuningdek, kichik biznes subyektlarining moliyaviy xavfsizligini baholash va ta'minlashda risklarni boshqarish tizimining roli asoslab berilgan. Tadqiqot davomida moliyaviy risklarni identifikatsiya qilish, baholash, monitoring qilish hamda ularni minimallashtirish strategiyalarini ishlab chiqish jarayonlari tahlil qilingan. Moliyaviy xavfsizlikni ta'minlashda diversifikatsiya, sug'urtalash, zaxira fondlarini shakllantirish, moliyaviy monitoring va moliyaviy rejalashtirish kabi boshqaruv instrumentlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, kichik biznes subyektlarining moliyaviy xavfsizligini ta'minlash uchun kompleks boshqaruv yondashuvlarini joriy etish hamda moliyaviy risklarni samarali boshqarish tizimini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references