CHET TILLARNI BAHOLASH KOMPETENSIYASI: AMALIYOTDAGI HOLAT VA EHTIYOJLAR
Аннотация
Talabalarni o‘zlashtirish jarayonini baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir. U qaror qabul qilishda muhim vosita hisoblanadi. Afsuski, bugungi kunda pedagoglarning baholash kompetensiya darajasi talabalarni bilimini baholash hamda ta’lim jarayoniga ijobiy ta’sir etuvchi baholash usullarini qo‘llashda qiyinchilikka uchramoqdlar. Mazkur maqola tadqiqotchi pedagoglarning baholash kompetensiya darajasi, ularning malakasini oshirishda mavjud muammolar va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratildi. Tadqiqot natijalari pedagoglarning baholash kompetensiya darajasi malakaoshirish kurslarida mazkur muammoga yetarli darajada e’tibor berilmaganini ko‘rsatadi. Bugungi kunda mazkur muammo ko‘plab xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari markazida turadi. Mazkur ishda ilmiy-nazariy metodlar qo‘llangan bo‘lib, ular sifat va miqdor natijalarini olishda yordam berdi. Tadqiqot O‘zbekistondagi oily ta’lim muassasalari nofilologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari bilan olib borildi. Natijada o‘qituvchilarning qarashlari va nazariyani amaliyotda qo‘llashga bo‘lgan qiyinchiliklari aniqlandi. Shu bois xulosa sifatida oily ta’lim o‘qituvchilarining baholash kompetensiya darajasini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash hamda pedagoglarni malakasini oshirish kurslarida mazkur muammo yuzasidan yetarli darajada amaliy bilimlarni o‘zlashtirishga qaratilgan fan bloklari qo‘shish tavsiya etildi.