PARALLEL KORPUSDA TARJIMANI AVTOMATLASHTIRISH
Аннотация
Texnologiyaning rivoji ortidan ilm-fan sohasida bir qancha o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda. Asosan tarjima sohasida texnologik o’zgarishlarni alohida ta’kidlash o‘rinli. Turli elektron tarjimon lug‘at dasturlarining yaratilishi va undan foydalanish natijasida fan tarmoqlarida ham sezilarli statistikalarni misol keltirish mumkin. Tarjimani avtomatlashtirishdagi asosiy kutilayotgan natijalar samarasi o‘laroq, uning rivoji uchun ham fan va texnologiyaning uzviy bog‘liqlik jihatini kuzatish mumkin. Elektron lug’atlardan foydalanish ilm egalari va til o‘rganuvchilar uchun asosiy dastur sifatida qo‘llanilib kelinmoqda. Bunga sabab internetdagi kerakli ma’lumotlar turli tillarda mavjud bo‘lib, mazkur ma’lumotlarni tarjima qilish uchun foydalanuvchilarning elektron lug’atga ehtiyoji ortadi. Shunday ekan, tarjimon dastrulardan foydalanish barcha soha vakillarining kundalik ehtiyoj manbaiga aylanib bo’lgan. Hozirgi vaqtga kelib bir nechta billingval va multilingval tarjimon dasturlar yaratilgan bo’lib, ularning mobil ilovalari ham foydalanuvchilar tomonidan keng qo’llanilib kelmoqda. Tarjimada bir vaqtning o’zida tarjima qilingan matnning ikki variantini tekshirish juda qiyin jarayon, shu bilan birga elektron tarjimon dasturlarining xotirasida yetarlicha ma’lumotlarni o’zida jamlanmaganligi tufayli sifatli tarjimadan foydalana olmaslik ehtimoli oshadi. Korpus lingvistikasi texnologiyasidan foydalangan holda, tarjima qilingan matndan keng foydalanish, matnni tahlil qilish va boshqa bo’limlardan unumli foydalanish mumkin. Parallel til korpusi, ya’ni asosiy tildagi matnning avtomatlashtirilgan to‘plamini ko’zlangan tildagi tarjimalari bilan son-sanoqsiz xususiyatlariga avtomatik kirishni taʼminlaydi. Xususan, parallel korpus ixtirosidan ilgari elektron tarjima dasturlarida bunday imkoniyatlar bo’lmagan. Shu o‘rinda parallel korpus orqali tarjimon dastur yaratish jarayonlarini alohida ta’kidlash o‘rinli. Ushbu maqolada korpus va parallel korpusning maqsadi va vazifasi, tarjimon dasturlarini parallel korpus orqali yaratishning asosiy bosqichlari muammo va unga optimal yechimlar haqida so‘z boradi.