REFRAKSION AMBLIOPIYANI DAVOLASHDA LASIK AMALIYOTINING АHAMIYATI
Аннотация
Dolzarbligi. Refraksion ambliyopiyani davolash samaradorligi anizometropiyani o'z vaqtida va to'liq davolashga bog'liq. Hozirgi vaqtda anizometropiyada odatiy davolash usullari samara bermagan vaqtlarda xirurgik davoga ko'rsatma ekanligi, izlanish maqsadli ekanligidan dalolatdir. Kattalar orasida eksimer lazer yordamida ko'rish o`tkirligini tiklashning mashhurligi shundaki, kam shikastlanish, operatsiyaning soddaligi va natijaga darxol erishishdir. Tadqiqot мaqsadi. LASIK operatsiyasining refraktsion ambliyopiya davolashda samaradorligini o'rganishdir. Material va usullari. LASIK operatsiyasi “Shifo nur” klinikasida 10 bola va o'spirinda (11–8 yoshdan boshlab miopiya va gipermetropiya bilan 16 yoshgacha (M±m = 11,40±0,81) amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari va xulosa. Operatsiyalar paytida asoratlar kuzatilmadi. Operatsiyadan keyingi erta davrda klinik og'ish rejalashtirilganidan refraktsiya 1,5 gipokorrektsiya dptri (m±m = 0,86±0,04). Operasiyadan 3 oydan so`ng erishilgan sinishning hisoblangan sinishdan og'ishi o'rtacha 0,64±0,07 dptrni tashkil etdi. Jarrohlik amaliyoti va konservativ terapiya so`ng korreksiyalanmagan ko`rish o`tkirligi mioplarda m±m = 0,48±0,04 gacha (0,2 dan 0,9 gacha); gipermetroplarda — m±m = 0,37±0,02 gacha (0,06 dan 0,5 gacha) operatsiyadan oldingi kutilgan ko'rish o`tkirligi darajasidan oshib ketdi.