Foenículum vulgáre Mill., Coriandrum VA ULARDAN TAYYORLANGAN “AS SURJUM” BIOLOGIK FAOL QO’SHILMANING KIMYOVIY ELEMENTLAR TAHLILI
Аннотация
Ushbu maqolada arpabodiyon va kashnich tarkibidagi kimyoviy makro va mikroelementlar miqdori haqida so‘z boradi. Mineral tarkibini aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyati hududida o‘suvchi arpabodiyon va kashnich o‘simligidan namuna uchun sentabr oyida bargi va mevalari yig‘ib olindi. Terilgan namuna salqin sharoitda quritildi. Moddalarning aniqlanishi induktiv bog‘langan argon plazmali emission spektrometrda o‘tkazildi. Ushbu metod oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kalsiy, fosfor, magniy, temir va yod elementlarini aniqlashda qo‘llanildi. Buning uchun tekshirilayotgan moddadan 0,0500-0,500 g analitik tarozida o‘lchab olinib, avtoklavning teflon idishchasiga qo‘yiladi, so‘ngra ustiga tozalangan tegishli miqdordagi konsentrlangan mineral kislotalar quyiladi (azot kislotasi va vodorod peroksidi).