Ma’lumotlarni moslashtirishning zamonaviy yondashuvlari
Аннотация
Bugungi kunda axborot xajmining keskin suratlarda oshib borayotganligi hamda har bir shaxs uchun turli ma’lumotlar bazasidagi yozuvlardan foydalangan holda xulosalar berish jarayoni takomillashib bormoqda. Turli ma’lumotlar bazalaridagi yozuvlarni moslashtirish orqali yagona bazaga yigʻish orqali qarorlar qabul qilish ish jarayonlarni optimallashtirish hamda iqtisodiy samaradorlikka egadir. Tibbiyot, Online savdolar, Bandlik tizmlarida bu kabi moslashtirishlar vaqt va iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilaydi. Shu sababdan ushbu maqolada turli ma’lumotlar bazasidagi yozuvlarni moslashtirishning usul, model va yondashuvlari oʻrganilgan.