Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseскороОткрытый API экосистемы
Латиница
Русский
Статья

Quyi va oʻrta darajadagi deskriptorlar asosida masofadan olingan tasvirlarda sahnani tasniflash algoritmlari

ABI

Аннотация

Masofaviy zondlash tasvirlarini tahlil qilishda sahnani tasniflash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada tasvir deskriptorlarini shakllantirish va sahnani tasniflash uchun mashinaviy oʻqitish algoritmlarining qoʻllanilishi oʻrganildi. Tadqiqot doirasida past, oʻrta va yuqori darajadagi deskriptorlardan foydalanildi, jumladan, Local Binary Pattern (LBP), Histogram of Oriented Gradients (HOG), Scale-Invariant Feature Transform (SIFT), Oriented FAST and Rotated BRIEF (ORB), BRISK va BRIEF kabi deskriptorlar sinovdan oʻtkazildi. Sahna tasniflash uchun SVM, Random Forest, Decision Tree, Naive Bayes, kNN, Logistic Regression algoritmlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari deskriptorlar va klassifikatorlar kombinatsiyasining samaradorligini baholashni koʻrsatdi, bunda SIFT deskriptori eng yaxshi natijalarni taqdim etdi. Ammo umumiy natijalar sahnani tasniflashda yanada yuqori aniqlikka erishish uchun usullarni takomillashtirish zarurligini koʻrsatdi. Ushbu tadqiqot masofadan zondlash tasvirlarida sahnalarni tasniflash uchun quyi va oʻrta darajadagi deskriptorlar asosida algoritmlarni ishlab chiqish va qoʻllash masalalarini oʻrganadi. Tasvirlarni aniqlik bilan tasniflash uchun asosiy atributlar (masalan, tasvir oʻlchamlari va formatlari), vizual xususiyatlar (masalan, rang va naqshlar), semantik maʼlumotlar (kontekstual bogʻliqlik) va geometrik mosliklarni ifodalovchi deskriptorlarni shakllantirish muhim hisoblanadi. Tadqiqot ikki asosiy bosqichni oʻz ichiga oladi: belgilarni ajratib olish va mashinaviy oʻqitish algoritmlari (kNN, Naive Bayes, tasodifiy oʻrmonlar, SVM, va logistika regressiyasi) asosida klassifikatorni oʻqitish. Tadqiqot NWPU-RESISC45 maʼlumotlar toʻplamida oʻtkazilib, 45 turdagi sahna sinfi boʻyicha tasniflash amalga oshirildi. Natijalar SIFT va boshqa deskriptorlarning yuqori aniqlikka ega ekanligini koʻrsatadi, ammo tasniflash koʻrsatkichlarini yaxshilash uchun yanada tadqiqotlar olib boorish talab qilinadi.

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0
Показатели — AkademScholar · Скоро