SEDANA (NIGELLA SATIVA L) VA GULXAYRI(ALTHAEA OFFICINALIS L) MOYI ARALASHMASINI ANTIOKSIDANTLIK FAOLLIGINI ANIQLASH VA UNING XALQ TABOBATIDAGI AHAMYATI
Аннотация
Ushbu maqolada sedana (Nigella sativa l) va gulxayri(Althaea officinalis l) o`simliklari moylarinig foydali kimyoviy moddalarni to‘la saqlab qolish uchun “Sovuq presslash” usulidan foydalanilgan. Germaniyaning “AEN Engineering GmbH & Co.KG” kompaniyasida ishlab chiqarilgan “DD85-G” press uskunasi yordamida sanitariya talablariga mos ravishda tozalangan sedana va gulxayrining sifatli urug‘larini presslash orqali moylari ajratib olindi.Adrenalinning in vitro sharoitida autooksidlanish metodi bilan yog`lar aralashmasining antioksidantlik faolligi aniqlandi. Tadqiq qilinadigan yog`lar aralashmasining fitokimyoviy tekshiruvlari orqali antioksidantlik faolligi tekshirildi. Yog`lar aralashmasining antioksidantlik faolligi adrenalinning in vitro sharoitida autooksidlanish reaksiyasining ingibitirlanishi bilan aniqlandi hamda kislorodning erkin shaklini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi tekshirildi. Yog`lar aralashmasining standart antioksidant kversetin hamda gliklazid antioksidantlari bilan solishtirildi.