Gomomorfik shifrlash algoritmlarining umumiy tahlili
Аннотация
Buyumlar Interneti, bulutli hisoblash tizimlari, elektron hukumat, sun’iy intellekt ilovalari va neyron tarmoqlari tomonidan amalga oshirilgan hisoblash tizimlarida ma’lumotlar maxfiyligi bilan bog‘liq muammolar sezilarli darajada oshib bormoqda. Gomomorfik shifrlash algoritmlari shifrlangan ma’lumotlar ustida ularni deshifrlamasdan algebraik amallar bajarish imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada gomomorfik shifrlash algoritmlarini tushunish uchun zarur bo‘lgan algebraik asoslari o‘rganib chiqilgan. Maqolada turli matematik muammolarga asoslangan asosiy to‘liq gomomorfik shifrlash sxemalari hamda ularning fundamental asoslari tavsiflangan. Gomomorfik shifrlash algoritmlariga oid kriptografik kutubxonalar va ularni amalga oshirish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilingan.